«Liverpool» Ngumoa bilan muzokaralarni jadallashtirdi

  • 21.09.2026 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» rahbariyati 18 yoshli yarimhimoyachi Rio Ngumoa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qildi. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.

 

Manba ma’lumoticha, klub Ngumoaga qiziqish bildirgan Londonning «Arsenal» jamoasi rejalarini barbod etishni maqsad qilgan. «Arsenal» yosh futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun unga maydonga tushish bo‘yicha kafolatlar berishga tayyor ekani aytilmoqda. Ammo «Liverpul» Ngumoani qo‘yib yuborish niyatida emas va u bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Rio Ngumoa yaqinda ilk bor Angliya terma jamoasiga UEFA Millatlar ligasi doirasidagi kelgusi uchrashuvlar uchun chaqiruv oldi.

 

Joriy mavsumda yosh vinger barcha musobaqalarni hisobga olgan holda beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo haligacha gol yoki golli pas bilan ajralib tura olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!