"Liverpool" osiyolik himoyachi uchun katta summa to'laydi
Germaniyaning «Maynts» jamoasida to‘p surib kelayotgan yarim himoyachi Kaysyu Sano faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bu haqida nashr Bild xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» yapon futbolchisini sotib olish uchun taxminan 60 million yevro to‘lashga tayyor.
Angliya klubi Sanoning Yaponiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ko‘rsatgan o‘yinidan jiddiy taassurot olgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, «Maynts» futbolchini saqlab qolishga urinish niyatida emas. Nemis jamoasi mos taklif tushsa, yarim himoyachini sotishga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar