“Liverpool” Saloҳning o‘rinbosari uchun 100 milliondan ko‘proq pul taklif qiladi

  • 27.07.2026 14:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning PSJ jamoasi vingeri Bredli Barkola yozgi transfer oynasida «Liverpul»ning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. 23 yoshli futbolchi jamoani tark etgan misrlik yulduz Muhammad Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaning yetakchi klublaridan biri bo‘lgan «Liverpul» Barkolani qo‘lga kiritish uchun PSJga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Xabarlarda aytilishicha, «qizillar» fransuz futbolchisi uchun 100 million evrodan ortiq miqdorda to‘lov amalga oshirishga tayyor.

Bredli Barkola PSJ safini 2023 yil yoz oyida to‘ldirgan. Hozirgi paytda uning transfer qiymati taxminan 90 million evro atrofida baholanmoqda. Fransuz futbolchisi parijliklar bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma bilan bog‘langan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!