"Liverpool" "Wolverhampton" yarim himoyachisini sotib olishi mumkin

  • 15.07.2026 15:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpool" rahbariyati shu yozgi transfer oynasida "Wolverhampton" yarim himoyachisi Joao Gomesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi mersisayd klubining transfer ro‘yxatiga kiritilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, "qizillar" allaqachon "Wolverhampton" bilan Gomesning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchi uchun taklif etilayotgan summa taxminan 35 million evroni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, Joao Gomesga "Manchester Yunayted" va Madriddagi "Atletiko" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Joao Gomes Angliya chempionatida "Wolverhampton" tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi. Undan avval futbolchi vatanida "Flamengo" klubi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!