"Liverpul" - "Milan" uchrashuvida darvozalarga 5 ta gol kiritildi (video)

  • 16.09.2021 07:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi "B" guruhining 1-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Milan”ni qabul qildi.

“Enfild”dagi o‘yin qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechdi. Gollar shousiga aylanib ketgan bahsda 3:2 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. “Liverpul”ga g‘alaba keltirgan gollarni Fikayo Tomori (9' avtogol), Muhammad Saloh (49') va Jordan Xenderson (69') kiritgan bo‘lsa, “Milan” safida Ante Rebich (42') va Braim Dias (44') gol muallifi bo‘ldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!