
"Liverpul", "Inter" va "Bavariya" klublarining sobiq futbolchisi MLS klubiga o‘tishga yaqin
"Lion" yarim himoyachisi Jerdan Shakiri faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.
MLS Soccer nashri muxbiri Tom Bogertning ma’lum qilishicha, shveytsariyalik futbolchining xizmatlariga AQShning "Chikago Fayr" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida va shartnoma imzolanish arafasida.
Shakiri faoliyati davomida "Lion"dan tashqari "Bazel", "Bavariya", "Inter", "Stok Siti" va "Liverpul" klublarida o‘ynagan. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar