"Liverpul" 17 yoshli futbolchiga qiziqib qoldi

  • 11 noyabr, 2023, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids" futbolchisiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, 17 yoshli Archi Grey mersisaydliklar e’tiborini tortgan. U markaziy yarim himoyada, tayanch zonasida va himoyaning o‘ng qanotida o‘ynay oladi.

Tecno

"Liverpul" yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin. "Lids" esa Grey bilan xayrlashishni istamaydi, lekin agar ular foydali taklif olsa, uni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Klub rahbariyati Archining transfer narxini 40-50 million funt sterling atrofida baholamoqda.

Qayd etilishicha, futbolchiga "Everton" va "Kristal Pelas" ham qiziqish bildirmoqda.

Grey joriy mavsum chempionatda jami 14 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!