"Liverpul" Angliya terma jamoasi futbolchisini zo‘r narxga sotib olmoqchi

  • 04.08.2025 20:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi himoyachisiga "Liverpul" qiziqishda davom etmoqda. Mersisaydliklar shu yozdayoq "Kristal Pelas" vakili Mark Gexi bilan shartnoma imzolashga tayyor.

 "Qizillar" 25 yoshli futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanishini inobatga olib, uning uchun ortiqcha pul to‘lamoqchi emas. Bu haqda The Times xabar berdi.

Agar Gexi yozda hech qaerga ketmasa va shartnomani uzaytirmasa, kelasi yozda "Kristal Pelas"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Nufuzli Transfermarkt portali Mark Gexani 45 million evroga baholamoqda. Himoyachi Angliya terma jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!