"Liverpul" "Bavariya" yulduzini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekanoning xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TZ nashri xabar berdi.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra,"Bavariya" futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasini kelisha olmayapti. Bunga frantsiyalik himoyachining talab qilayotgan maoshi sabab bo‘lmoqda. Upamekano nemis klubidan bonuslari bilan birga yiliga 18 million evro daromad olishni istamoqda. Bu shartlar esa myunxenliklarni qoniqtirmayapti.
Vaziyatni "Liverpul" diqqat bilan kuzatib turibdi. Agar Dayo yangi shartnoma imzolamasa, ingliz klubi futbolchi bilan muzokaralarni boshlash niyatida. Undan tashqari 27 yoshli himoyachini "Real" va PSJ klublari ham o‘z safiga qo‘shib olishni qo‘zlashmoqda.
Dayoning nemis grandi bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar