“Liverpul” beshta gol bilan tarixiy chempionlikka sazovor bo‘ldi

  • 27 aprel, 23:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Arne Slot bosh murabbiylik qilayotgan “Liverpul” futbolchilari milliy chempionatning 34-turida yirik hisobda zafar quchib, muddatidan avval Angliya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz boshlandi va bellashuvning 12-daqiqasida Solanke “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq qolgan daqiqalarda “qizillar”ni to‘xtatib bo‘lmadi.

Tanaffusgacha Dias, Mak Allister va Gakpo “shporlar” darvozasini uch bor ishg‘ol qildi. O‘yinning ikkinchi yarmida Muhammad Saloh gol urdi. 69-daqiqada raqib futbolchisi Udodji o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Bellashuvda 5:1 hisobida zafar quchgan liverpulliklar Premer-liga jadvalida eng yaqin ta’qibchisi “ARsenal”dan 15 ochkoga o‘tib ketdi va chempionlikni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, “Liverpul” futbolchilari yigirmachi marotaba mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi “Manchester Yunayted”ga tenglashib oldi. Manchesterliklar so‘nggi bor chempionlikni 2013 yili nishonlagan.

Chempionatda g‘olib chiqish bo‘yicha uchinchi o‘rin “Arsenal”ga tegishli bo‘lib, “kanonirlar” jami 13 marotaba bosh sovringa ega chiqqan edi.

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” jamoasi bu gal chempionlikni topshirib qo‘ydi. “Shaharliklar” ketma-ket to‘rt marotaba Premer-liga g‘olibi bo‘lgan yagona jamoa hisoblanadi. Ularning hisobida jami 10 ta chempionlik bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!