“Liverpool” bir futbolchisidan voz kechdi
Italiyalik vinger Federico Kyeza joriy transfer oynasi vaqtida hozirgi klubi «Liverpul»ni tark etishi kutilyapti. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchiga o‘zi uchun yangi klub izlashga ruhsat bergan. Federikonning Italiya chempionatiga qaytishi ehtimoli yuqori. U avval «Yuventus» va «Fiorentina» safida A Seriyada to‘p surgan.
Kyezaning «Liverpul» bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtasigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 13 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda vinger 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar