
“Liverpul” bir o‘q bilan ikki quyonni urdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar davrida “Aston Villa” bilan juda samarali muzokaralar olib borishni uddaladi.
The Kop Correspondent nashrining yozishicha, “qizillar” asosiy tarkibga kirishga qiynalib qolgan Xarvi Elliotni “Aston Villa”ga joyladi.
Mersisaydliklar muzokaralar chog‘ida “Aston Villa”da o‘ynayotgan Angliya milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Morgan Rojersning transferini muhokama qilgani aytilmoqda.
23 yoshli futbolchining “villaliklar” bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq bu o‘yinchining o‘zi Arne Slot jamoasiga ko‘chib o‘tmoqchi.
Muzokaralar natijasida “Aston Villa” bu transfer bo‘yicha ham hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Transfermarkt portali ekspertlari Morganni 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar