
"Liverpul" bosh murabbiyi: "Erik ten Hag bunday iste’foga loyiq emas edi"
Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Yunayted" jamoasi ustozligidan iste’foga chiqarilgan Erik ten Xag haqida gapirib o‘tdi.
"U mening vatandoshim. Shuning uchun men bu vaziyatni keskinroq amalga oshirilgandek his qilyapman. Biz murabbiylar bilan albatta kun kelib ishdan olinishimiz mumkinligini bilamiz.
Men Erikni o‘z ishiga qanchalik kuch sarflashini bilaman. Bu "yangilik" afsuski, unga kutilmagan katta zarba bo‘ldi.
Ten Xagning "Ayaks"da qanchalik yaxshi ishlaganini va bu erda ham 2 ta sovrin yutganini bilamiz. Shuning uchun yaqin kelajakda uni yana katta klubda ko‘ramiz deb o‘ylayman", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.
Fikrlar
Sababi chlga chiqish sharti bulmaydi