
"Liverpul" bosh murabbiyi Superligani keskin tanqid qildi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Germaniyalik mutaxassis ikki yil oldin ham bu turnirga qarshiligini ma’lum qilgan edi.
“Superligaga bo‘lgan munosabatim o‘zgarmadi. Bu haqda birinchi marta kecha eshitdim. Biz juda kam ma’lumot oldik. Asosan gazetalardan o‘qib bildik.
Bu qiyin. Ko‘pchilik norozi, tushunaman. Menga boshqa narsa deyish qiyin, chunki men va futbolchilar bahslashish jarayonida qatnashmayapmiz. Biz bu haqda hech narsa bilmasdik. Keling, bu qaerga olib borishini ko‘ramiz.
Men uchun Chempionlar ligasining o‘zi Superligadir. Biz bu turnirda turli xil kuchli jamoalarga qarshi o‘ynaymiz. Nega "Liverpul" ketma-ket o‘n yil "Real"ga qarshi o‘ynaydigan tizimni yaratishimiz kerak, uni kim tomosha qiladi?”, - dedi Klopp.
Fikrlar