“Liverpool” bu natijani 117 ta o‘yindan keyin takrorladi

  • 02.01.2026 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda amaldagi chempion “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Lids Yunayted” vakillari bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.

Bu bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Statistika ekspertlarining ma’lum qilishicha, “Liverpul” 2023 yildan buyon ilk bor golsiz durang qayd etdi. Oxirgi marotaba mersisaydliklar 2023 yilning 17 dekabrida “Manchester Yunayted” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.

Shundan keyin barcha musobaqalarda ketma-ket 117 ta o‘yin davomida “Liverpul” hech bir uchrashuvni 0:0 hisobi bilan yakunlamagan.

Ikki yildan ortiq davom etgan ushbu seriya endi to‘xtadi. Kelasi yakshanba kuni “Liverpul” navbatdagi uchrashuvini safarda “Fulxem”ga qarshi. Ayni paytda amaldagi Angliya chempioni turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!