"Liverpool" Diomande uchun 100 million evrolik taklif bilan chiqqan
"Liverpul"ning Yan Diomande bo‘yicha taklifi avval xabar qilinganidek 90+10 million yevro emas, balki 80 million yevro kafolatlangan mablag‘ va yana 20 million yevro bonuslardan iborat bo‘lgan.
Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Diomande mersisaydliklar uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Biroq agar "Leyptsig" futbolchini sotish bo‘yicha muzokaralarga tayyor bo‘lmasa, ingliz klubi boshqa variantlarga e’tibor qaratadi.
"Liverpul" ko‘rib chiqayotgan nomzodlar qatorida "Kёln" vakili Said El Mala, "Brayton" futbolchisi Yankuba Minte va "Lill" hujumchisi Matias Fernandez Pardo bor. Shuningdek, klub rahbariyati PSJ qanot hujumchisi Bredli Barkolani ham yuqori baholamoqda.
Qayd etilishicha, "Liverpul" Diomande transferini uzoqqa cho‘ziluvchi transferga aylantirmoqchi emas. Klub hujum chizig‘ining qanotlarini tezroq kuchaytirishni maqsad qilgan va muzokaralarni avgust oyigacha cho‘zish rejalashtirilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 80 million yevro va 20 million yevro bonusdan iborat dastlabki taklif darhol rad etilgan. Hozirda "Liverpul" "Leyptsig" Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisining transferi bo‘yicha jiddiy muzokaralarga kirishishga tayyor yoki tayyor emasligini baholamoqda.

Fikrlar