
"Liverpul" Emre Janni qo‘yib yuborishga tayyor, agar...
“Liverpul” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Emre Janni “Yuventus”ga 5 mln evroga sotishga tayyor.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda mersisaydliklar agar “Shalke-04” yarim himoyachisi Leon Goretskani sotib olishga muvaffaq bo‘lishsa, u holda shartnomasi yakunlanib borayotgan germaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Janning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar