"Liverpul" etakchilari MYu bilan o‘yinda ishtirok eta olishadi

  • 14.10.2019 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul"ning ikki etakchi futbolchisi - darvozabon Alisson hamda hujumchi Muhammad Saloh maydonga qaytishga tayyor.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik va misrlik futbolchilar olgan jarohatlaridan to‘liq forig‘ bo‘lishgan va "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok eta olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisson 9 avgustdan buyon, Saloh esa 5 oktyabrdan buyon maydonga tushmay kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” – “Liverpul” uchrashuvi 20 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!