"Liverpul" etakchisi "Chelsi"ga qarshi uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi

  • 01.10.2025 03:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" navbatdagi o‘yinda asosiy darvozaboni Alissondan foydalana olmaydi.

Braziliyalik darvozabon Chempionlar ligasi 2-turida "Galatasaray"ga qarshi bahsda (0:1) jarohat oldi va ikkinchi taymda almashtirildi.

Jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning aytishicha, Alisson Angliya Premer-ligasining 7-turida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushmaydi:

"Maydonni bunday tark etishga majbur bo‘lganingda, hech qachon yaxshi natija kutib bo‘lmaydi. Ammo ishonch bilan ayta olamanki, shanba kuni u o‘ynamaydi", – dedi Slot "Amazon Prime"ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!