“Liverpul” futbolchilar rahbariyatdan aynan mana shu o‘yinchini olib kelishni talab qilmoqda

  • 3 oktabr, 2022, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football Insider nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi va “Liverpul” etakchilaridan Jordan Xenderson va Trent Aleksander-Arnold klub rahbariyatidan Dortmundning “Borussiya”sida porlayotgan Jud Bellingemni “Enfild”ga ko‘chirib kelishni talab qilmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham anchadan beri 19 yoshli yarim himoyachining faoliyatini kuzatib kelmoqda va uni o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi.

Jud Bellingem kelasi yozda bozori qaynashi kutilayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi. Angliyalik o‘yinchiga “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Real”, PSJ  kabi qudratli klublar da’vogarlik qilmoqda.

Evropa matbuotining yozishicha, Jud Bellingemning o‘zi “Real”da to‘p tepishga moyillik bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!