"Liverpul" futbolchisi "Bazel"ga o‘tadi
"Liverpul" va Kanada terma jamoasi hujumchisi Liam Miller faoliyatini Shveytsariya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi “Bazel” a’zosiga aylanadi. Uning transferi “Liverpul”ga 1,5 million evro atrofida daromad keltiradi. Aytish kerakki, “Bazel”ning bu boradagi dastlabki taklifi mersisaydliklar tomonidan rad etilgan. Biroq keyinchalik klub rahbariyati 1,5 millionlik taklifga rozi bo‘lgan.
Liam Miller “Liverpul”ga 2016 yilda "Fulxem"dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan 5 yil mobaynida mersisaydliklarning asosiy tarkibida faqatgina bitta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Miller allaqachon "Bazel"da tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va Shveytsariya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar