"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi

  • 1 may, 2024, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Montevideoning mahalliy “Liverpul” klubi Urugvay futbolida katta janjalga sabab bo‘ldi. Radio Fenix   Urugvay xabariga ko‘ra, klub 37 yoshli Migel Zamudioni jamoadan chetlatgan.

Tecno

Sababi, Migel o‘z jamoadoshining xotinini yo‘ldan urib, u bilan “don olishib yurgan”. Haqiqiy axloqsizlik deb ataladigan ishga qo‘l urgan futbolchini “Liverpul” hali o‘z safidan to‘liq chetlatmagan, ammo uni Urugvay futbolining uchinchi ligasida o‘ynaydigan ikkinchi jamoaga badarg‘a qilgan.

Hozirda "Liverpul" advokatlari klubga moliyaviy zarar keltirmaslik uchun allaqachon o‘yinchi bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ish boshlagan.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Urugvay chempionatida 10 turdan so‘ng 11 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi bahsini 3 may kuni peshqadam “Penyarol”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!