"Liverpul" hujumchisi "Barselona" o‘tmoqchi, u yangi shartnoma imzolashni istamayapti

  • 10.01.2025 18:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" vingeri Luis Dias klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlaydi. Diasning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Shuni inobatga olgan holatda vinger katta ehtimol 2027 yilda "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shiladi.

Avvalroq, Diasning "Barselona"ning hujum chizig‘i uchun asosiy transfer maqsadi ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Joriy mavsumda vinger barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Diasning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. "Tansfermarkt" mutaxassislari futbolchining qiymatini 85 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AmirxonUsman
10/01/2025 22:05
"ga" qo'shimchasi qolib ketganga o'xshaydi sarlavhada