"Liverpul" hujumchisi "Sautgempton" bilan shartnoma imzoladi
"Sautgempton" klubi "Liverpul" forvardi Denni Ingzni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Uning transferi “Sautgempton”ga 22 mln evroga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Ingz o‘tgan mavsumni “Sautgempton”da ijara asosida o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, Ingz 2015 yildan buyon “Liverpul” futbolchisi hisoblanar edi. U o‘tgan davr mobaynida mersisaydliklar safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.



Fikrlar