
“Liverpul” katta maosh so‘rayotgan futbolchiga xaridor
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Milan” yarim himoyachisi Frank Kessie jamoani sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Liverpulliklar bu futbolchi uchun kurashda PSJ va “Tottenxem” bilan raqobatlashishga qaror qildi.
Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan Kessiening o‘zi “Milan” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortda va yozda boshqa jamoaga o‘tish istagi borligini yashirmayapti. Bu futbolchi o‘zini taklif qilmoqchi bo‘layotgan klublarga yiliga 8 million evro maosh va ikki million evro bonus istayotganini bildiryapti.
24 yoshli ivuarlik yarim himoyachining talablari katta ekaniga qaramay, “Liverpul” u bilan yanvar oyida muzokaraga kirishishni rejalashtirgan.
Fikrlar