
"Liverpul" Kloppning maoshini oshirib, u bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Liverpul” klubi rahbariyati bosh murabbiy Yurgen Kloppni jamoada olib qolmoqchi.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klub xo‘jayini hisoblangan Fenway Sports Group kompaniyasi germaniyalik mutaxassisga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq, hozircha bu borada aniq raqamlar oshkor etilmayapti. Lekin, mersisaydliklar bu masalani yangi mavsum boshlanishiga qadar hal etishni rejalashtirishgan.
Ma’lumot uchun, Kloppning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra uning yillik maoshi 7 mln funtni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Klopp boshchiligidagi "Liverpul" 14 yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar