"Liverpul" klubining asosiy futbolchilaridan biri "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 06.11.2020 19:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» klubi yarim himoyachisi Tiago Alkantara APL doirasi 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy tvitterida xabar berdi.

Murabbiyning aytishicha, futbolchi jamoaning safardagi o‘yiniga bormaydi. Tiago «Everton» (2:2) bilan uchrashuvda jarohat olgandi va ayni paytda tiklanish jarayonida.

"Manchester Siti" - "Liverpul" bellashuvi 8 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!