“Liverpul” klubning 132 yillik tarixida bu ishga birinchi bor qo‘l urdi

  • 13 fevral, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 15-tur kechiktirilgan uchrashuvida chempionat peshqadam “Liverpul” safarda “Everton” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Bu bahsda “Liverpul”ning 132 yillik tarixida kuzatilmagan voqea yuz berdi. Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, bu jamoa murabbiylar shtabi ilk bor boshlang‘ich tarkibga birorta angliyalik futbolchini kiritmadi.

Arne Slot “Everton”ga qarshi quyidagi futbolchilarni ilk daqiqalardan maydonga tushirdi:

Beker (Braziliya), Bredli (Shimoliy Irlandiya), van Deyk (Niderlandiya), Konate (Frantsiya), Robertson (Shotlandiya), Gravenberx (Niderlandiya), Mak Allister (Argentina), Soboslai (Vengriya), Dias (Kolumbiya), Gakpo (Niderlandiya), Saloh (Misr).

Katta janjal bilan tugagan Liverpul derbisida jamoalar bittadan ochkoni bo‘lishib oldi – 2:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!