
“Liverpul” Kumanga yordam beradigan bo‘ldi
“Liverpul” rahbariyati “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman olishni istayotgan Jorjino Veynaldumni Kataloniyaga ketishiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.
Yurgen Klopp jamoasi niderlandiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaydi va yozgi transferlar mavsuminida uni sotib yuboradi.
Ronald Kuman o‘zi shakllantirayotgan jamoada Veynaldumga maydon markazidan joy berishga qaror qilgan va u yozgi transferlar vaqtida kataloniyaliklarning asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.
Yurgen Klopp Veynaldumning transferidan kelgan mablag‘ni “Bavariya”dan Tyago Alkantarani olishga yo‘naltiradi.
Fikrlar