“Liverpul” mashhur o‘yinchisiga o‘rinbosar topdi

  • 3 dekabr, 2024, 20:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Trent Aleksander-Arnoldni hali yangi shartnomaga ko‘ndira olgani yo‘q. 26 yoshli futbolchi yozda erkin agentga aylanganidan keyin “Real”ga o‘tib ketishga yaqin turibdi. Madridliklar o‘ng qanot himoyachisini anchadan beri kutmoqda. 

Tecno

“Liverpul” mutasaddilari Trentning ketishiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar vaziyat o‘zgarmasa, klub uning o‘rniga yangi o‘yinchi olishga majbur bo‘ladi. 
Ayni paytda liverpulliklar Germaniya chempioni “Bayer” himoyachisi Jeremi Frimpongni olib kelishni ko‘zlayotgani aytilmoqda. 

Bild nashrining ma’lum qilishicha, bu transfer Angliya klubiga 40 million evroga tushishi mumkin. Frimpongning o‘zi ham faoliyatida top-klublarda davom ettirishga moyillik bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!