
“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Liverpul” rahbariyati jamoa etakchisi Muhammad Saloh kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi. Misrlik to‘purarga Saudiya Arabistonidan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Yozda “Al-Ittihod” Saloh transferi uchun liverpulliklarga 230 million evroga badal puli to‘lashini bildirgandi.
“Liverpul” xo‘jayinlari jamoaning asosiy o‘yinchisi hisoblangan Muhammad Salohni uzoqroq muddatga olib qolishga qaror qildi. Klub hamkorlikni 2027 yilning yarmigacha uzaytirmoqchi.
Muhammad Saloh “Liverpul”ga 2017 yili ko‘chib o‘tgandi. 31 yoshli futbolchi bu jamoa safida bir necha rekordlarni o‘rnatdi. Saloh klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.
Transfermarkt portali Muhammad Salohni ayni paytda 65 million evroga baholamoqda. Biroq saudiyaliklar “Liverpul”ni transferga ko‘ndirish uchun bir necha baravar ko‘p to‘lashga tayyor.
Fikrlar
Салох жамоаси учун хакикий топилма Уни зу́р пулга сотиши соткинлик