
“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga uzoq yillar etakchilik qiladigan futbolchi topdi
“Liverpul” klubi Muhammad Saloh bilan yozda yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga urinmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar ikki yillik bitim tuzishi kutilyapti.
Shunga qaramay, mersisaydliklar kelajak uchun misrlik to‘purar o‘rnini bosa oladigan yosh o‘yinchi topib qo‘ydi.
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” o‘z safiga “Yuventus”da porlayotgan Kenan Yildizni qo‘shib olmoqchi.
Turinliklar 19 yoshli futbolchini o‘z safida olib qolmoqchi. Lekin agar taklif 80 million evrodan kam bo‘lmasa, o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Yildiz “Sallerna” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ma’lum muddat “Bavariya”ning yoshlar jamoasida ham to‘p tepgan. U 2022 yili “Yuventus”ga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi.
Iste’dodli futbolchiga ayni paytda bir necha grand klublar dav’ogarlik qilmoqla. “Liverpul” uni qo‘lga kiritish uchun “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Aston Villa” va “Borussiya Dortmund” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar