
"Liverpul" muxlislari Messini diskvalifikatsiya qilinishini talab qilishmoqda
"Liverpul" klubi muxlislari UEFAdan "Barselona" forvardi Lionel Messini diskvalifikatsiya qilishni talab qilishmoqda.
Change.org saytida e’lon qilingan petitsiyani hozircha 2600 kishi yoqlab ovoz bergan. Mersisaydlik ishqibozlarning fikricha 31 yoshli argentinalik futbolchi “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3-gol urilishidan oldin “Liverpul” xavbeki Fabinoning boshiga zarba bergan.
Eslatib o‘tamiz, Messi shu kuni 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar