"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar!

  • 9 yanvar, 2024, 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold "Arsenal"ga (0:2) qarshi o‘tgan Angliya kubogi 1/32 final bahsida tizzasidan olgan jarohati tufayli ma’lum muddat maydonga tusha olmaydi.

“Oxirgi o‘yinda Trent tizzasini zo‘rlab qoldi. Uning tizza bo‘g‘imida kichik jarohat bor va tiklanish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Tibbiy tekshiruv natijalari Trent bir necha haftaga safdan chiqishini ko‘rsatdi.

U biroz dam oladi va umid qilamanki, avvalgi darajasiga qayta oladi. Chunki bu yigit barcha o‘yinlarda asosiy tarkib a’zsi bo‘lgan va biz uchun doimo muhim hisoblanadi. Biz uni juda sog‘inamiz”, - deyiladi “Liverpul” rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Trent Aleksandr-Arnold joriy mavsum jami 25 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!