"Liverpul" Olise uchun 130 million sarflashga tayyor!

  • 16.11.2025 10:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" Bavariya yulduzi Maykl Olise uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bir necha bor xabar qilinganidek, "qizillar" frantsuz futbolchisini Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi ideal nomzod sifatida ko‘rishmoqda.

"Fichajes" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz grandi "Bavariya"ni asosiy o‘yinchisini sotishga ko‘ndirish uchun katta miqdorda pul sarflashga tayyor. "Transfermarkt" portali 23 yoshli futbolchini 130 million evroga baholamoqda.

Bu mavsumda futbolchi Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda ettita gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. "Kristal Pelas" sobiq yulduzining Germaniya klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!