
"Liverpul" o‘rtoqlik uchrashuvida kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Liverpul" hamda "Zaltsburg" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda avstriyaliklar 1:0 hisobida kuchli raqibni mag‘lub etdi.
Benyamin Sheshko tomonidan 31-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
"Zaltsburg" – Mantl, van der Brempt (Dedich, 46), Bernardo (Pavlovich, 46), Sole (Baydu, 46), Ulmer (Valchi, 46), Zayvald (Diambu, 46), Suchich (Diarra, 46), Kergor (Koyta, 46), Okafor (Berned, 46), Fernando Pedro (Shimich, 46; Kameri, 75), Sheshko (Adamu, 46).
"Liverpul" – Adrian, Gomes (van Deyk, 60), Konate (Matip, 60), Baychetich (Fabino, 60), Keyta (Morton, 46; Xenderson, 60), Jons (Tiago Alkantara, 60), Mabayya (Aleksander-Arnold, 60), Milner (Robertson, 46), Elliott (Saloh, 60), Karvalyu (Dias, 60), Nunes (Firmino, 46).
Fikrlar