“Liverpul” qariya himoyachini oladi
“Valensiya”ning sobiq himoyachisi Esekiel Garayning agenti “Liverpul” rahbariyati bilan bog‘lanib, ularga o‘z mijozining xizmatlarini taklif qildi.
34 yoshli futbolchi ayni paytda ishsiz yuribdi. Bu taklif liverpulliklarga ma’qul kelgani aytilmoqda. Chunki, “Liverpul” tajribali futbolchini tekinga qo‘lga kiritadi. Shuningdek, klub Garayga kam maosh to‘lab, u bilan qisqa muddatli shartnoma tuzish imkoniga ega. Ko‘p futbolchilar bu variantni qabul qilmaydi.
Markaziy himoyada jarohatlangan Virjil van Deykning o‘rniga to‘p sura oladigan Garay o‘z vaqtida “Real”, “Zenit” va “Benfika” kabi jamoalarda ham to‘p surgan. U Argentina terma jamoasida 34 marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar