
"Liverpul" Ramosni sotib olmaydi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos "Liverpul"ga o‘tmaydi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, bunga 33 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘tgan mavsum EChL finalida Muhammad Salohga nisbatan ishlatgan qo‘polligi sabab emas. Ramos mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp uslubidagi futbolchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ramos muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng “Real”dan ketmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa “Manchester Yunayted” va “Yuventus”dan qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum 42ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 11ta gol urdi.
Fikrlar