
"Liverpul" Rojers ketganidan buyon ilk bor APLda bunday natija qayd etdi
“Liverpul” bugun APLning 24-turida safarda “Lester”ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa premer-ligada ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bundan avval ular «Man Siti» (1:4) va «Brayton»ga (0:1) ham mag‘lub bo‘lgan edi.
Aytish lozimki, “Liverpul” 2014 yilning noyabridan buyon APLda ilk bor ketma-ket 3 ta o‘yinda yutqazdi. Qizig‘i, o‘shanda mersisaydliklarni “Lester”ning hozirgi ustozi Brendan Rojers boshqarardi.
Fikrlar