"Liverpool" Saloҳga o‘rinbosar topdi

  • 12.01.2026 17:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" jamoani tark etishi kutilayotgan Muhammad Saloҳ o‘rniga Bundesligadan futbolchi olib kelmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, "qizillar" Saloҳ o‘rnini "RB Leyptsig" vingeri Yan Dьomande bilan to‘ldirmoqchi. Qayd etilishicha,"Liverpul" Dьomandening o‘yinlarini jiddiy tarzda kuzatib boryapti. Futbolchining transferi mersisaydliklar uchun qimmatga tushishi mumkin. Sababi "buqalar" o‘z yulduzi uchun 100 million yevro talab qilishi kutilyapti. Avvalroq, 19 yoshli futbolchining o‘zi "Liverpul"da o‘ynashni orzu qilishi haqida gapirgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, vinger joriy mavsumda 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!