
“Liverpul” Saloh ketsa, “Real” yulduzini olmoqchi
“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh mavsum yakunida shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etadi. Shu sabab, misrlik hujumchi mersisaydliklar klubini tark etishi mumkin.
“Todo Fichajes” xabar berishicha, “Liverpul” rahbariyati Saloh ketsa, uning o‘rniga olib kelgani variant topishdi. “Qizillar” “Real Madrid” vingeri Rodrigoni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Hozirda, braziliyalik futbolchining “Transfermarkt”dagi narxi 110 million evroni tashkil qiladi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq, Rodrigo “Real”ga Mbappe kelgani uchun jamoani tark etadi degan mish-mishlar tarqakgan edi.
23 yoshli futbolchi bu mavsum La Ligada bitta gol va bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar