"Liverpul" Saloh o‘rniga osiyolik vingerni olib kelmoqchi

  • 19 yanvar, 17:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" agar Muhammad Saloh yozda klubni tark etsa, hujumchining o‘rnini bosuvchi nomzodni topdi. Bu haqda "Deadlinedaylive" xabar berdi.

Tecno

"Mersisaydliklar" Salohning o‘rniga asosiy nomzod sifatida "Real Sosedad" vingeri Takefusa Kuboni ko‘rishmoqda. Yaponiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Liverpul" Ispaniya klubiga Federiko Keza, Xarvi Eliott va Vataru Endoni taklif qilishga tayyor.

Kubo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchining "Real Sosedad" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Kuboni 40 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!