“Liverpool” Saloҳning o‘rnini “Real” hujumchisi bilan to‘ldirmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo Goes "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Angliya klubi braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deya xabar bermoqda insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmogʻida.
Rodrigo yozda "Enfild"ni tark etishi mumkin boʻlgan hujumchi Muhammad Saloҳga oʻrinbosar boʻlishi kutilyapti. Futbolchiga "Liverpul"dan tashqari "Inter", "Al-Hilol", "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Rodrigoning narxi 60 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar