"Liverpool" Slot borasida soʻnggi qarorni aytdi

  • 26.01.2026 21:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" rahbariyati Arne Slotning kelgusi mavsumda jamoa bosh murabbiyi bo‘lmasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida "Indykaila News" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizillar"ni vaqtinchalik boshqarishga klub afsonasi Stiven Jerrard tayyorligini ma’lum qilgan. 45 yoshli mutaxassis ayni vaqtda ishsiz. Agar mersisaydliklar rahbariyati unga taklif bilan chiqsa, Stiven kelib jamoada ish boshlashga tayyor. 

Ma’lumot uchun, "Liverpul" ayni vaqtda APLda 23 ta uchrashuvda 36 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 6-pog‘onani egalab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!