
"Liverpul" Trentga o‘rinbosarni Bundesligadan topdi
"Liverpul" o‘zining asosiy o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldga munosib o‘rinbosar izlashda davom etmoqda. Uning joriy mavsum oxirida muddati tugaydigan shartnomasi tufayli, 26 yoshli ingliz futbolchisining Madridning “Real” klubiga erkin agent sifatida o‘tishi katta ehtimol bilan kutilmoqda.
"Rousing the Kop" nashrining xabariga ko‘ra, “Liverpul” Trentning o‘rnini bosadigan nomzod sifatida Kilian Sildilyani ko‘rib chiqmoqda. Frantsiyalik futbolchining yoshi 22da (may oyida 23ga to‘ladi) va u Germaniyaning “Frayburg” jamoasida to‘p suradi.
"Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra, Sildilyaning transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Qanot himoyachisi joriy mavsum Bundesligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar