
“Liverpul” uch futbolchini haydayapti
“Liverpul” rahbariyati qishki transfer mavsumi oldidan uch nafar futbolchini transferga qo‘yishga qaror qildi.
Mutasaddilar ro‘yxatidan himoyachi Nataniel Fillips, yarim himoyachilar Nabi Keyta va Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘rin oldi. Bu haqda Calciomercato.com sayti ma’lumot tarqatdi.
25 yoshli Fillipis “Bolton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va olti yil muqaddam “Liverpul”ga olib kelingan. Shundan beri atigi 25 ta uchrashuvda ko‘rinish berdi va asosiy vaqtini ijaralarda o‘tkazdi.
27 yoshli Nabi Keyta uchun “qizillar” 2018 yili “Leyptsig” klubiga 60 million evro to‘lagandi. Futbolchi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi va o‘ziga yangi ish topishi talab etilmoqda.
29 yoshli Oksleyd-Chemberlen 2017 yili 38 million evroga xarid qilingan. U ham tarkibga kira olmay qoldi. Bu mavsum ikki marta maydonga tushib, 15 daqiqa to‘p tepdi xolos.
Fikrlar