“Liverpul” va “Chelsi” manfaati bir o‘yinchida to‘qnashdi
“Nyukasl”ning mahoratli markaziy himoyachisi Sven Botman faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Liverpul” va “Chelsi” 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar tez orada Botman transferi bo‘yicha “qarg‘alar”ga o‘z taklifini yuborishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
O‘z o‘rnida, “Nyukasl Yunayted” rahbariyati Sven Botmanni tarkibda saqlab qolmoqchi va unga sharoitlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif etadigan bo‘ldi. Bu masala klub sport direktori oldiga eng dolzarb vazifa sifatila qo‘yilgani aytilmoqda.
Botmanning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ekspertlari himoyachini 40 million evroga baholayapti.

Fikrlar