“Liverpul” Virjil van Deyk bo‘yicha yakuniy qarorga keldi, lekin...

  • 8 sentabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul” himoya chizig‘ining etakchisi Virjil van Deyk mavsum oxirida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Evropa matbuoti “qizillar”ning avvalgi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning eng ishonchli o‘yinchilari bo‘lgan Virjil van Deyk, Muhammad Saloh va Trent Aleksander-Arnold shartnomasi tugayotgani, ular mavsum tugaganidan keyin “Liverpul”dan ketishini yozmoqda.

Football Insider nashri, “Liverpul” rahbariyati kelasi yili 34 yoshni qarshilaydigan niderlandiyalik markaziy himoyachi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan. Rahbariyat o‘yinchini yil oxirida muzokaralar stoliga taklif qiladi.

Shu bilan bir qatorda yakuniy qarorni futbolchining o‘zi chiqaradi. Virjil klub himoyachi hamon jamoaning eng muhim figuralaridan bo‘lishini kafolatlashini kutyapti.

Van Deyk “Liverpul”ga 2018 yili “Seltik”dan ko‘chib o‘tgan. Shundan beri tajribali himoyachi 273 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U “Liverpul” o‘yinchisi sifatida Premer-liga, Angliya kubogi, uch marta Liga kubogi, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusuf ugl
08/09/2024 12:16
Саутгемптон дан утганди шекилли Ливерпулга