"Liverpul" Virtsni sotib olganidan afsusda bo‘lishi mumkin"

  • 17 oktabr, 12:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning sobiq himoyachisi Joleon Leskottning fikricha, "Liverpul" rahbariyati Florian Virtsni sotib olganidan afsusda.

Tecno

"Menimcha, mavsum oxirida "Liverpul" imkoniyat bo‘lganida Virts uchun sarflagan pullarini qaytarib olgan bo‘lardi. Ular bu transferdan xursand emas, deb o‘ylayman", — deya ta’rif berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar yozda "Bayer"dan nemis yarim himoyachisini 125 million evro evaziga sotib olgan edi. Ammo yangi futbolchi hozirgacha na gol urdi, na golli pas berdi — na Premer-ligada, na Chempionlar ligasida.

Hozircha Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" 7-turdan so‘ng Angliya Premer-ligasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa etakchi "Arsenal"dan bir ochkoga orqada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!