“Liverpool” yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladi

  • 04.06.2026 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola “Liverpul” bilan shartnoma imzoladi va jamoaning bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, kelishuv to'liq tasdiqlangan bo'lib, rasmiy e'lon yaqin vaqt ichida bo'lib o'tadi.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis ikki yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. 30 may kuni “Liverpul” bosh murabbiy Arne Slot bilan hamkorlik tugaganini e'lon qilgan edi.

43 yoshli mutaxassisning so'nggi jamoasi “Bornmut” bo'ldi va u mavsum yakunida klubni tark etdi. Iraola boshchiligida “olchalar” Angliya chempionatida 57 ochko jamg'arib, oltinchi o'rinni egalladi. Ispaniyalik murabbiy “Bornmut”ni 2023 yil yozidan boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!